AsosiyJinoyat

Marg`ilonda tug`uruqxona xodimi pora bilan qo`lga tushdi

'Marg`ilonda tug`uruqxona xodimi pora bilan qo`lga tushdi'ning rasmi

Marg`ilondagi tug`uruq kompleksida xodima ayol 200 dollar pora bilan ushlandi. 

Bu haqda  tibbiyot DXX Farg`ona viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha Marg`ilon shahar tug`uruq kompleksi xodimlar noziri vazifasida ishlovchi N. Sh. reanimasiya bo`limi hamshirasi U. Z.ga uning ish stavkasini rahbariyat orqali 0,25 dan 0,75 stavkaga oshirib berishni va`da qilgan. U o`z xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo`lga olingan.

Marg`ilon shahar tug`uruq kompleksining xodimlar noziri N. Sh.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar