AQShning Salomatlik milliy instituti olimlar tomonidan Ebola bezgagiga qarshi ishlab chiqilgan ikki turdagi vaksinani havfsiz, deb topishdi, deb yozadi Gazeta.ru.
Vaksinalar Liberiyadagi laboratoriyada sinovdan o`tkazilmoqda. Aytish lozimki, ushbu vaksinalar 600 kishida sinab ko`rildi. Ayni vaqtda vaksinaning inson salomatligiga salbiy ta`siri aniqlanmagani tasdiqlangan. Vaksinalarni ishlab chiqarishdan avval, ular Ebola bilan og`rigan irnsonlar organizmida kasallikka qarshi ta`sir qilayaptimi yoki yo`qmi shuni aniqlash lozim. Albatta, buning uchun biroz vaqt kerak bo`ladi. Olimlar har ikki vaksinadan hech bo`lmaganda bittasi Ebola bezgagining tarqalishini oldini olishiga va kasallangan aholini tuzalib ketishlariga yordam berishiga ishonmoqdalar.