AsosiyJinoyat

Muborakda yangi kelinchakni temir bilan urib o`ldirilgani muhokama etildi

'Muborakda yangi kelinchakni temir bilan urib o`ldirilgani muhokama etildi'ning rasmi

9 mart kuni Qashqadaryo viloyat IIB boshlig`ining 1-o`rinbosari podpolkovnik I.Tursunov va boshqarma boshlig`ining o`rinbosari podpolkovnik X.Atanazarovlar hamda tumandagi  4 ta sektor rahbarlari ishtirokida Muborak tumani, "Qarliq" qishlog`ida sodir etilgan qotillik jinoyati muhokamasi o`tkazildi.  Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati xabar bergan.

Ma`lum bo`lishicha, bundan bir yil oldin tumanning "Qarliq" qishlog`ida yashovchi Q.R. va R.G.lar nikohdan o`tib turmush qurishadi. Taqdir taqozosimi yoki boshqa sabab ular o`rtasida farzand bo`lmaydi. Bundan shubhalangan er shu yil 3 mart kuni xotinini temir bo`lagi bilan boshiga urib o`ldiradi. 

Muhokamada bu jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoit va omillar atroflicha tahlil etildi. Bunda mahalla-ko`y, ota-onalar, qo`ni-qo`shnilarning yoshlarni o`z holiga tashlab qo`ygani, sabr bilan turmush zarbalariga dosh berish lozimligini uqtirishmaganini va oqibatda mazkur qotillik jinoyati yuzaga kelganini ta`kidlashdi. 

Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun mahalla oqsoqollari, faollar va boshqa mutasaddi idoralar mas`uliyatini oshirish choralarini ko`rish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi. 

 

    Boshqa yangiliklar