O`zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi (odam savdosi) va 223-moddasi 2-qismida (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish) ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, 2018 yil 10 may kunidan buyon qidiruvda bo`lgan Qorako`l tumani Bandboshi qishlog`ida ro`yxatda turgan fuqaro qo`lga olindi. 1994 yilda tug`ilgan B. Z. olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 2020 yil 12 mart kuni “BAA-Toshkent” yo`nalishi orqali I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan vaqtida Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan ushlandi. Va IIV Transportda xavfsizligini ta`minlash bosh boshqarmasiga topshirildi.






