AsosiyJinoyat

"Buxoro shahar hokim o`rinbosari" bitta qo`ng`iroq bilan ishni hal qildi

'"Buxoro shahar hokim o`rinbosari" bitta  qo`ng`iroq bilan ishni hal qildi'ning rasmi

Buxoro shahrida yashovchi, 41 yoshlim R.M ismli ayol fevral oyida Sh.N ismli ayolning ishonchiga kirib, ishga joylashtirish evaziga undan 350 AQSh dollari olgan. 

 So`ngra Buxoro shahar Aholi bandligiga ko`maklashish markazi rahbariyatining xizmat telefoniga qo`ng`iroq qilib, o`zini hokim o`rinbosari deb tanishtirgan. Shu yo`l bilan fuqaro Sh.N nomiga Buxoro ayollar muruvvat uyiga ishga kirishi haqida yo`llanma berishni talab qilib, yo`llanma olishga erishgan. Keyin esa Buxoro ayollar muruvvat uyi rahbariga qo`ng`iroq qilib, uni ishga olishini aytib, fuqaro Sh.N.ni ishga joylashtirgan.

Buxoro viloyati IIB ushbu holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan R.M.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

    Boshqa yangiliklar