Yangi COVID-19 turdagi koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida O`zbekistonda profilaktika chora-tadbirlari kuchaytirildi. Xususan hududlarda Navro`z bayrami munosabati bilan tashkil qilinayotgan bir qator milliy va xalqaro miqyosdagi ommaviy tadbirlar qoldirildi. Jumladan:
— Toshkent shahrida o`tkazilishi kutilayotgan keng qamrovdagi marafon;
— 31-mart-1 aprel sanalarida o`tkaziladigan «Xiva — 2020 yilda turk madaniyati poytaxti» xalqaro festivalining tantanali ochilish marosimi;
— Xiva shahridagi «Buxoro — islom madaniyati poytaxti» mavzusidagi tadbirlar.