Koronavirus 110 dan ortiq mamlakatga tarqaldi. Jahon Sog`liqni saqlash tashkilotining so`nggi ma`lumotiga qaraganda, bir kecha kunduzda to`rtta mamlakat va hududda — Fransuz Polineziyasi, Turkiya, Gonduras va Kot-dʼIvuarda koronavirus aniqlandi. Qozog`istonda ham koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati qayd etildi.Mamlakat sog`liqni saqlash vaziri Eljan Birtanovning aytishicha, “kasallik Germaniyadan kelgan bemorlardan chiqdi”. Ular Olmaotadagi yuqumli kasalliklar stasionarida izolyasiya qilingan. Qozog`iston hududida koronavirusga chalingan shaxslar bilan aloqada bo`lganlarni qidirib topish chora-tadbirlari ko`rilmoqda. Mamlakatda Navro`zga bag`ishlangan tadbirlar va G`alabaning 75 yilligi munosabati bilan o`tkazilishi rejalashtirilgan harbiy parad bekor qilindi. Qozog`iston prezidenti matbuot kotibi Berik Kurmangalining ma`lum qilishicha, bu qarorni davlat rahbari Qosim-Jo`mart To`qaev qabul qilgan.
Hindiston hukumati profilaktik choralar ko`rish, COVID-2019 koronavirusi tarqalishining oldini olish maqsadida bir qator tadbirlarga qo`l urdi. Diplomatik vizalar, BMT ishchi vizasi va loyihalar bo`yicha vizalardan tashqari barcha vizalarning berilishi va amal qilishi 2020 yil 15 aprelgacha to`xtatiladi. Mazkur tartib 2020 yil 13 martga o`tar kechasi 00:00 dan boshlab kuchga kirdi. OCI kartochkasi sohiblari, ya`ni Hindistonga vizasiz kirish imkoni borlarning ham 15 aprelgacha mamlakat hududiga kirishi cheklanadi. Muayyan sabablar tufayli Hindiston hududiga kirishi kerak bo`lgan xorij fuqarolari o`sha mamlakatdagi diplomatik idoraga murojaat qilishiga to`g`ri keladi.
Mamlakat hududiga kirib kelayotgan Hindistonning barcha fuqarolari, qolaversa, Xitoy, Italiya, Eron, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya, Ispaniya fuqarolari va 2020 yil 15 fevraldan keyin kelgan barcha insonlar kamida 14 kunlik karantinga olinadi.
Mamlakatga kelayotgan barcha insonlar, jumladan, Hindiston fuqarolarining zarur bo`lmagan tashriflardan voz kechishi tavsiya etiladi. Hindistonga kelgan fuqarolar 14 kunlik karantinga olinishi ma`lum qilingan. Mamlakatning quruqlik orqali xalqaro harakatlari kuchli tekshiruv vositalari bilan jihozlangan maxsus o`tish-nazorat nuqtalari bilan cheklanadi. Bu haqda Hindiston ichki ishlar vazirligi alohida ogohlantirilgan.
Italiyada tahsil olayotgan Hindiston talabalari va fuqarolaridan tahlillar olish va tegishli tekshiruvlar o`tkazish tavsiya etiladi. Kimda salbiy natija qayd etilsa, qaytishga ruxsat beriladi va Hindistonda 14 kun karantinga joylashtiriladi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron COVID-19 koronavirusi tarqalishi sabab 16 martdan boshlab mamlakatdagi barcha ta`lim muassasalarini yopish bo`yicha topshiriq berdi, deb xabar qiladi Le Figaro gazetasi.
Turkmaniston bilan chegaralarning yopilishidan so`ng Qozog`istonning Aqtau shahrida pomidor va bodringning narxi ikki baravarga qimmatlagani borasida xabarlar tarqaldi.
13 mart kuni “Chon-Qapka-avtoyo`l” nazorat-o`tish punktida Qirg`izistondan Qozog`istonga noqonuniy ravishda tovarlar olib chiqilishining oldi olindi. Qirg`iziston Davlat Chegara xizmatining ma`lum qilishicha, QR fuqarosiga tegishli avtomashina tekshirilganida 95 ming 600 dona tibbiyot niqobi topildi, ular quruq meva solingan qopga yashirilgan edi. Qo`lga tushirilgan mahsulotning umumiy qiymati 1 million 400 ming somga teng.
DChXning ta`kidlashicha, 3 fevral kuni hukumat 6 oy muddatga vaqtincha dori-darmon va tibbiyot mahsulotlarini Qirg`izistondan olib chiqilishini ta`qiqlandi.
Avvalroq hukumat Qirg`izistonda tibbiyot niqoblari etishmayotgani bois, mamlakat korxonalarida ularni ishlab chiqarish boshlanganini ma`lum qilgandi.
Kanada bosh vaziri Djastin Tryudoning rafiqasi koronavirusga chalindi. U kasallikning engil formasini boshdan kechirmoqda. Ayol izolyasiyada ushlab turilibdi. Bu haqda Kanada bosh vaziri idorasi ma`lum qildi. Tryudo o`zini yaxshi his qilmoqda, unda kasallik alomatlari yo`q. U bosh vazir lavozimni 14 kun mobaynida karantinda bo`lgan holda bajarib turadi. Uning virusga chalinganligini tekshirish rejalashtirilmagan.
Nyu-Yorkdagi BMT idorasida ilk kasallik aniqlandi. U – filippinlik diplomat bo`lib, 9 mart kuni ishga chiqqan edi. BMTdagi Filippin vakolatxonasining barcha xodimlari karantinga joylashtirildi.
Koronavirus uchun testni Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru ham topshirdi. U bundan avval yangi koronavirus tarqalishini “o`ylab topilgan“ deya ta`riflagan edi. Bolsonaru yordamchisi Fabio Vayngarten koronavirusga chalingani borasida tarqatilgan xabardan so`ng test topshirdi. O`tgan shanba kuni Vayngarten Braziliya delegasiyasi tarkibida AQShda safarda bo`lgan vaqtida Prezident Donald Tramp bilan bir binoda ovqatlangan edi. Ta`kidlanishicha, u tashrif vaqtida Tramp va AQSh vise-prezidenti Mayk Pens bilan yaqin muloqotda bo`lgan va hattoki ular bilan yonma-yon turib, suratga tushgan. Biroq Oq uyda Tramp va Pens braziliyalik amaldor bilan deyarli muloqot qilishmagani ma`lum qilingan. Tramp jurnalistlar bilan suhbatda biror xavfni his qilmayotganini aytdi. U Braziliya delegasiyasi a`zosida virus aniqlanganidan xavotirda emasligini ta`kidlagan.
Angliyaning “Chelsi“ futbol klubi o`yinchilaridan biri Kalluma Xadsona-Odoida koronavirus aniqlangandan so`ng karantinga ketdi. Bundan avvalroq “Arsenal“ bosh treneri Mikel Artetada koronavurus aniqlangandan so`ng karantinga ketgan edi.
Evropa mamlakatlarida koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli maktab va universitetlar yopilmoqda. Payshanba kuni Portugaliyada o`quv muassasalari berkitilgani haqida e`lon qilindi. Fransiyada maktablar, universitetlar va bolalar bog`chalari dushanbadan berkitiladi. Avstriya Xitoydan keyin koronavirusga chalinganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turuvchi Italiyadan keluvchilar uchun chegaralarni berkitdi.
Yirik shaharlarda muzeylar yopilmoqda, AQShda esa Kaliforniyaning “Disneylend“ini yopiga qaror qilindi.
14.03.2020 09:35
Shaxs tanlamas dard: Braziliya prezidenti koronavirusga chalindi. Dunyodagi vaziyat
