AsosiyShou-biznes

Bugun Selin Dion 47 yoshni qarshi oldi

Selin Dionni tanimaydigan inson bo`lmasa kerak. Mashxur “Titanik” filmiga kuylangan saundtreki orqali millionlab insonlarning qalbidan joy olgan latofatli, go`zal xonanda bugun, 30 mart kuni o`zining 47 yoshligini qarshi olmoqda.

Xonandaning asl ismi Selin Mari Klodett Dion. U 1968 yili Sharleman shahri, Kvebek provinsiyasida, ko`p farzandli oilada dunyoga kelgan.

Oiladagi 14 farzandning eng kichigi bo`lgan Selin bolaligidan musiqaga qizardi. Xususan, uning oila a`zolari ham musiqani sevishardi.1973 yilning 3 avgust sanasida u ilk bor, ota-onasining kichkinagina “Le Vieux Baril” nomli bari sahnada akasi Mishelning to`yida mashxur qo`shiqchi Kristina Sharbonnoning  “Du fil des aiguilles et du coton” qo`shig`ini kuylagan. Albatta, Selin ham boshqalar kabi bolalikdan qo`shiqchi bo`lishni, uni butun dunyo olqishlashini orzu qilgan. Ammo bir kun kelib bunga erisha olishiga u qadar ishonmagan. 1994 yili People jurnaliga bergan intervyusida u shunday deydi:

Men ota-onam, yaqinlarim, uyimni sog`inardim. Ammo shunday bo`lsa-da, men o`z vaqtimni, yoshligimni behuda sarflamadim, deb hisoblayman. Chunki mening yagona orzuim xonanda bo`lish edi...

12 yoshga kirganida u onasi va akasi Jak bilan birgalikda “Ce n’était qu’un rêve” – “Bu faqatgina tush edi” qo`shig`ini yaratadi. Yana bir akasi Mishel esa ushbu qo`shiq yozilgan tasmani Rene Anjelilning musiqiy menejeriga yuboradi. Qo`shiqni eshitib ko`rgan Anjelilning ko`zlariga yosh keladi va u Selinni yulduz darajasiga olib chiqishga qaror qiladi.

1981 yili Anjelil o`z uyini sotuvga qo`yadi va mablag`ni Selinning ilk “La voix du bon Dieu” nomli qo`shig`ini yozish uchun sarflaydi. Bu qo`shiq Selinni Kvakabedagi yulduzga aylantiradi. Tez orada uni Kvakabelik Dion deb chaqira boshlashadi.

Selinning iste`dodi uning 1982 yilda Tokiodagi Yamaha festivalidagi ishtirokidan so`ng barchani hayratga soladi va u dunyo bo`ylab barchaning e`tiboriga tusha boshlaydi. Ushbu festivalda bo`lajak xonanda “Eng yaxshi qo`shiqchi” mukofotini qo`lga kiritadi va “Eng yaxshi qo`shiq uchun” nominasiyasida g`olib sifatida “Tellement j’ai d’amour pour toi” medaliga sazovor bo`ladi.

1983 yil Selin Dion uchun juda omadli keladi. U Kanadada oltin plastinkani qo`lga kiritgan birinchi xonanda bo`ladi. Oltin plastinka Selinga “D’amour ou d’amitie” qo`shig`i uchun berilgan. Shu bilan birga aynan mana shu yilda u bir qancha “Feliks”, “Eng yaxshi ayol qo`shiqchi”, “Yil topilmasi” kabi mukofotlarga ham sazovor bo`ladi.

1988 yili Dion Dublinda “Evrovidenie 1988” konkursida Shveysariya nomini himoya qilgan holda “Ne partez pas sans moi” qo`shig`i bilan ishtirok etadi va g`oliblikni qo`lga kiritadi. Bu vaqtgacha Selin Dion faqat fransuz tilida qo`shiq kuylagan. 18 yoshida Maykl Jekson ijrosidagi qo`shiqni eshitar ekan, u Anjelilga Maykl Jeksonga o`xshagan xonanda bo`lishni istashini aytadi. Undan bu gapni eshitgan Anjelil Selinning iste`dodini rivojlantirish uchun unga boshqa tilda, xususan ingliz tilidagi qo`shiqlarni yaratishiga va uni butun dunyoga tanitish lozimligini tushunadi.

Biroq, oradan biroz vaqt o`tmay, Selin Dion sahnadan “yo`qolib” qoladi. Aslida u tashqi ko`rinishini yaxshilash uchun stomatologik jarrohlik amaliyotini boshdan o`tkazayotgan edi. Shu bilan birga u 1989 yili Berlis maktabiga, ingliz tilida yaxshi so`zlay olishni o`rganish uchun o`qishga kiradi.

Kutilmaganda 1989 yili Incognito albomiga bag`ishlangan tur vaqtida Selin Dion ovozini yo`qotadi. Mashxur otorinolaringolog Uilyam Guld uning oldida ikki yo`l borligini aytgach, Selin daxshatga tushadi. U taklif qilgan yo`lning birinchisi, ovoz paychalarida jarrohlik amaliyotini o`tkazish, ikkinchisi esa 3 hafta davomida umaman qo`shiq aytmaslik edi. Biroq aynan o`sha vaqtda Selin bir qator tanlovlar va tadbirlarda ishtirok etishi kerak edi. Uzoq o`ylagach, Selin Dion 3 yil davomida umamn qo`shiq aytmaslik yo`lini tanlaydi va Uilyama Raylining qo`lida ovozini yaxshilash bo`yicha dars oladi. Chunki unga qo`yilgan tashxisning sababi, ovozni noto`g`ri yo`naltirish, ishlatish edi.

1990 yili ingliz tilini to`liq o`rgangach, Selin Dion Unison albomi bilan ommaga ko`rina boshlaydi.

1991 yili u AQSh harbiylariga atab kuylangan qo`shig`i uchun qator nominasiyalarda g`oliblikni qo`lga kiritadi. "Sohibjamol va mahluq" multfilmi uchun s Pibo Braysono bilan kuylangan duet esa uni butun dunyoga mashxur qiladi. Bu qo`shiq uchun u “Oskar”, “Gremmi” mukofotlarini qo`lga kiritgan. Ushbu katta g`alabadan so`ng "Sohibjamol va mahluq" qo`shig`ini u 1992 yilgi albomidagi qo`shiqlari sirasiga kiritadi.

1992 yili xonanda Shimoliy Amerika yulduzi deb tan olinadi. U ham fransuz ham ingliz tilida qo`shiq ayta oladigan xonandalar sirasiga kirdi. Biroq AQShda omad va mashxurlik qurshovida qolgan yillarida uning fransuz muxlislari unga qarshi fikrlarni ayta boshlashadi va u cheksiz tanqidlar ostida qolib ketadi. Bu holat “Ingliz tilida qo`shiq kuylovchi xonanda” nominasiyasidagi “Feliks” mukofotini qo`lga kiritish chog`ida ayniqsa, avj oladi. Bir necha kun o`tib, Selin Dion rasman ana shu mukofotdan voz kechishini bildiradi. Shunday qilish barobarida u fransuz ekani va ingliz tilida qo`shiq kuylagani bilan u ingliz emas, fransuz xonandasi ekanini ham aytadi.

Ijodiy faoliyatdagidek kabi, Selinning shaxsiy hayotida ham o`zgarishlar yuz bera boshlaydi. 26 yosh katta bo`lgan Rene Anjelil uning sevgan insoniga aylanadi. Biroq u buni ommadan sir saqlaydi.

1993 yili nihoyat ularning munosabatlari ommaga oshkor bo`ladi. Selin Reneni “mening muhabbat gulim” deb atagan holda ingliz tilidagi The Colour of My Love albomini sevgan kishisiga bag`ishlaydi. Ochig`ini aytganda, u muhabbatini muxlislarining tanqidiga uchramaslik uchun yashirgandi,biroq munosabatlar oshkor bo`lgach, barcha ularning o`rtasidagi muhabbatni iliq qarshi oldi.

1994 yilning dekabrida ular turmush qurishdi. Turmush qurgach, bir necha yil o`tib, Selin farzand ko`rish orzusi bilan yashay boshlaydi. Biroq shunday vaqtda uning turmush o`rtog`i Renega Tomoq saratoni tashxisi qo`yiladi. Sevimli insonining salomatligi uchun Selin Dion ikki yilga sahnani tark etadi va uni o`zi parvarish qiladi. Shifokorlar tomonidan o`tkazilgan murakkab jarrohlik amaliyotidan so`ng esa Rene va Selinga ular tabiiy ravishda farzand ko`ra olmasliklari haqida aytishadi. Biroq Selin jarrohlik amaliyotidan avval muzlatib qo`yilgan embrionlardan foydalanishga ahd qiladi va natijada 2001 yili u o`g`li Rene-Sharlni dunyoga keltiradi. 

Garchi, kerakli muolajalar jarrohlik amaliyotidan oldin qilinib, tuxum xujayralar Renening saratonga chalinib bo`lgan vaqtida olingan bo`lsa-da, farzand mutlaqo salomat tug`iladi. Bu vaqtga kelib, Rene ham tuzalib, oyoqqa turadi.  

2000 yilning may oyida Selin Dion Nyu-Yorkdagi klinikalarning birida ekstrokorparal urug`lantirish orqali homilador bo`lish uchun ikki marotaba kichik jarrohlik amaliyotini boshdan o`tkazishga rozi bo`ladi. 2010 yili nihoyat u homilador bo`ladi va 23 oktyabr sanasida bir yo`la egizak farzandlarini kecharcha kesish yo`li orqali dunyoga keltiradi. Ularga Eddi va Nelson deb ism beriladi.  

Shuning bilan keyingi barcha yillarda Selin Dion fransuz va ingliz tillaridagi qator albomlarni yozdi.

1997 yili u rejissyor Jeyms Kamerondan “Titanik” filmi uchun saundtrek kuylash taklifini oladi. “My Heart Will Go On” deb nomlanuvchi ushbu qo`shiq uni “Oskar” va uchta “Gremmi” mukofotiga sazovor qiladi.

Selin Dion dunyoga mashxur ko`plab xonandalar, xususan Barbara Streyzand, Bee Gees, Kerol King, Brayan Adams, Andrea Bochelli, Luchiano Pavarotti, Anasteysha, Jan-Jak Goldman, Richard Marks, Enni Myurey, Sher, Ar Kelli  kabi o`nlab mashxurlar bilan duet qo`shiqlarni kuylagan.

2010 yili u BMTning ko`ngilli elchisi etib tayinlanadi.

O`tgan yilning avgust oyida Selin turmush o`rtog`ining salomatligi tufayli yana tanaffus olishini aytadi. Yaqin kunlarda u yana sahnaga qatish arafasida. 

    Boshqa yangiliklar