AsosiySalomatlik

Koronavirusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling

'Koronavirusdan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling'ning rasmi

Yangi turdagi koronavirus epidemiyasi pandemiyaga aylanib ulgurdi. Bugn tongda O`zbekistonda ham bir nafar bemor aniqlanganini xabar qilgan edik. Bu holat barcha fuqarolarning ogohlik va ehtiyotkorlikka chaqirish uchun asos bo`ladi. Ammo turli mish-mish va boshqa gap-so`zlarga e`tibor qaratib,  qo`rqish va havotirlanishga o`rin yo`q. sanitariya va epidemiologiya tartib qoidalaridan ogoh bo`ling. Virus hamlasidan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

😷avvalo, chet elga borishni rejalashtirishda dunyodagi epidemik vaziyat bo`yicha to`liq ma`lumotlardan xabardor bo`ling!

😷 zarurat bo`lmagan taqdirda ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning!

😷ko`chaga chiqsangiz, yoningizda har doim spirtli gellar va bir martalik nam salfetkalar bo`lsin!

😷agar dorixonadan niqob ololmagan bo`lsangiz, uni 4 qavat qilib o`zingiz tikib oling. Har kuni 3-4 marta yangisiga almashtiring. 

😷qo`llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving va spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning!

😷 to`laqonli ovqatlaning, immunitetingizni ko`taring. farazandlaringizning qo`l yuvishini doimiy nazoratga qiling!

😷yuz-ko`zingizni kir qo`l bilan ushlamang!

😷 uy hayvonlarini boqishda, asrashda gigiena qoidalariga qat`iy rioya qiling!

😷 odamlar oldida yo`talganingizda yoki aksirganingizda og`zingiz va burningizni dastro`mol, salfetka yoki bukilgan tirsagingiz bilan to`sing!

😷 shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning!

😷 ovqatlanishda yaxshilab pishirilgan, asosan qaynatilgan va qovurulgan taomlardan iste`mol qiling, iste`mol qilinayotgan go`sht va sut mahsulotlarining yaxshilab pishganligiga ishonch hosil qiling!

😷isitma, yo`tal va nafas qisishi holatlari paydo bo`lganda darhol shifokorga murojaat qiling!

😷Eng asosiysi, shaxsiy gigiena qoidalariga qat`iy rioya qiling!

Agarda sizda COVID-19 koronavirus infeksiyasi va u bilan bog`liq vaziyat yuzasidan qo`shimcha savol tug`ilsa 1003 raqamiga qo`ng`iroq qiling. 

Boshqa yangiliklar