Koronavirus sabab Yulduz Usmonovaning konserti to`xtatildi, deb xabar berdi “O`zbekkonsert".
Ma`lumki 2020 yilning 10 mart kuni “Xalqlar do`stligi” san`at saroyida O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 15 kunlik konsert dasturiga start berilgan edi. Ayni paytda O`zbekistonda ommaviy tadbirlar bekor qilingani, karantin tartibini buzganlik uchun chora ko`rilishi ma`lum qilindi.
Sh munosabat bilan “O`zbekkonsert” davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovning ma`lum qilishicha, Yulduz Usmonovaning konserti ertaga, 16 martdan e`tiboran to`xtatiladi.