AsosiyJinoyat

Shokolad qutisiga salkam yarim kilogramm gashish giyohvandlik vositasini yashirgan shaxsning qilmishi fosh bo`ldi

'Shokolad qutisiga salkam yarim kilogramm gashish giyohvandlik vositasini yashirgan shaxsning qilmishi fosh bo`ldi'ning rasmi

Giyohvandlik vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirish, shuningdek, ular bilan noqonuniy muomalada bo`lish qat`iyan taqiqlangan va jinoiy javobgarlik bilan belgilab qo`yilgan. Bu kabi qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda tezkor tadbirlar olib borilmoqda. 

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari Davlat xavfsiziligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda Namangan shahrida narkotik moddalarning yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazishdi.

O`tkazilgan tadbir davomida fuqaro I.A Namangan shahridagi “Nurafshon” MFY hududida to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, uning qo`lidagi sumkasi ichidagi shokolad qutisiga uddaburonlik bilan yashirilgan jami 493,89 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar