AsosiyJamiyat

"Koronavirus kuchaymoqda, ammo bizga hali ham maxsus kiyim berilmadi” sarlavhali murojaatga rasmiy munosabat bildirildi

'"Koronavirus kuchaymoqda, ammo bizga hali ham maxsus kiyim berilmadi” sarlavhali murojaatga rasmiy munosabat bildirildi'ning rasmi

2020 yil 17 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo`lgan Tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan "Koronavirus kuchaymoqda, ammo bizga hali ham maxsus kiyim berilmadi” sarlavha ostidagi murojaat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar qiladi.

Ushbu murojaatda “Andijon viloyati Shahrixon tumani tez tibbiy yordam xizmati xodimlari nomidan yozmoqdamiz. Mamlakatimizga koronavirus kirib keldi. Sog`liqni saqlash vazirligi viloyatlardagi tibbiy muassasalar tayyor,deya bayonot berdi. Ammo biz tez tibbiy yordam xodimlariga haligacha maxsus kiyim berilmadi. Biz Gippokrat qasamini ichganmiz, har qanday vaziyatda ishlashga tayyormiz. Ammo buning uchun avvalo sog`liqni saqlash vazirligi har bir xodimni maxsus kiyim bilan ta`minlashi lozim” deb fuqaro tomonidan aytib o`tilgan. Murojaatda keltirilgan muammo yuzasidan Andijon viloyati hokimligi tomonidan o`rganish ishlari olib borildi.

O`rganish davomida Respublika sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tezkor karantin munosabati bilan barcha sog`liqni saqlash maskanlari to`la asbob-anjomlar va inventarlar bilan ta`minlanishini ma`lum qildi.

Tez orada barcha tibbiyot muassasalari to`liq maxsus kiyim va asbob-anjomlar bilan ta`minlanadi.

Boshqa yangiliklar