AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bugundan boshlab, massajxona, diskoteka va bolalar o`yin zallari kabi tadbirkorlik sub`ektlari faoliyati to`xtatiladi

'O`zbekistonda bugundan boshlab, massajxona, diskoteka va bolalar o`yin zallari kabi tadbirkorlik sub`ektlari faoliyati to`xtatiladi'ning rasmi

2020 yil 19 mart kuni O`zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda 2020 yil 19 martdan boshlab butun mamlakat bo`ylab 

- massaj salonlari

- diskotekalar, diskobarlar

- bolalar o`yin zallari

faoliyatini to`xtatishga qaror qilindi.

Tadbirkorlik sub`ektlaridan ko`rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo`lishlarini so`raymiz. 

O`z-o`zini himoya qilish uchun aholiga karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilamiz.

Ushbu qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari va O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qat`iy nazorat qilinadi.

    Boshqa yangiliklar