AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati bojxona postlarida 1 yilda qariyb 70 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolindi

Viloyatda qo‘shni davlatlardan kirib kelish mumkin bo‘lgan 16 ta bojxona posti bor.

'Toshkent viloyati bojxona postlarida 1 yilda qariyb 70 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolindi'ning rasmi

Toshkent viloyatida 16 ta bojxona posti mavjud bo‘lib, 2024 yil davomida jami
13,4 trln. so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblanib, shundan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bojxona to‘lovlaridan 6,4 trln. so‘m imtiyozlar berildi, qolgan 7 trln. so‘m davlat budjetiga o‘tkazilishiga erishildi. Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi. 

Shuningdek, 2024 yil mobaynida 2 mlrd AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yo‘naltirildi. Tovarlar eksport  qilingan asosiy hamkor davlatlar Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya,Turkiya, Afg‘oniston, Belgiya hamda Pokiston davlatlari bo‘lgan.

Eksport qilingan asosiy tovarlar: Metallar va ulardan tayerlangan buyumlar, meva va sabzovot, transport va uning ehtiyot qisimlari, kalava ip, oziq-ovqat mahsulotlari hamda to‘qimachilik maxsulotlari, hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bojxona postlarida 2024 yil davomida jami 143 023 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi.

Bojxona yuk deklaratsiyalarini Xavfni boshqarish axborot tizimi bo‘yicha yo‘laklar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, deklaratsiyalarning   29% “yashil yo‘lak”, 55%“sariq yo‘lak”, 17%qizil yo‘lak” tartibida rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, Boshqarma tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi  boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvand vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash yo‘nalishida 78 ta holatda 75,8 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida esa 69 mlrd 484 mln so‘mga teng tovarlar o‘shlab qolindi.

Davlat Aksiz markasi bilan markalanmagan 63 ta holatda qiymati 1,9 mlrd so‘mlik jami 69 593 quti tamaki mahsulotlari, 5,9 mlrd sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

 Aniqlangan huquqbuzarlik holatlarida bo‘yicha 31,9 mlrd.  so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '2025 yilda O‘zbekiston hududlarida 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:34

    2025 yilda O‘zbekiston hududlarida 16 ta avtovokzal va avtostansiyalar quriladi

    Jamoat transporti uchun zamonaviy 700 ta avtobus xarid qilinadi.

    'O‘zbekiston Qurolli kuchlarining qudrati yanada oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:18

    O‘zbekiston Qurolli kuchlarining qudrati yanada oshiriladi

    Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini ham yanada oshirish maqsad qilingan.

    'Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimiga o‘zgartirish kiritilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:41

    Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish axborot tizimiga o‘zgartirish kiritilmoqda

    Endi tizimiga bolalarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining ma’lumotlari kiritilganda ushbu bolaning to‘liq ism-sharifi, jinsi, tug‘ilgan sanasi, oyi va yili haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.

    'Jizzaxda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:31

    Jizzaxda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi

    Ijtimoy tarmoqlarda kulvor ilonni tiriklay yegan fuqaro haqida videolavha tarqalmoqda.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat 15 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:06

    Bugun O‘zbekistonda harorat 15 darajagacha ko‘tariladi

    Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 10.01.2025 20:11