AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyevga “2025 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida axborot berildi

2025 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 6 foiz o‘sishi kutilmoqda.

'Shavkat Mirziyoyevga “2025 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida axborot berildi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur qonun 17 ta modda va 10 ta ilovadan iborat bo‘lib, unda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘z ifodasini topgan. Xususan, 2025 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 6 foiz o‘sishi kutilmoqda.

Konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 431 trillion so‘m miqdorida, xarajatlari esa 480,5 trillion so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdoridagi taqchillik bilan tasdiqlandi.

Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari balansi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 2 foiz miqdorida taqchillik bilan shakllantirildi. Bunda davlat budjeti daromadlari 308,5 trillion so‘m, xarajatlari esa davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 344,8 trillion so‘m miqdorida rejalashtirildi.

2025 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari prognozi 65,8 trillion so‘m, xarajatlari prognozi 84,3 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi inobatga olingan. Shuningdek, respublika budjetidan mahalliy budjetlarga 18,5 trillion so‘m miqdorida tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar o‘tkazib berilishi nazarda tutilgan.

Qonunga ko‘ra, bu yil ham budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilganligi saqlab qolindi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, fan, madaniyat va sportni rivojlantirish, muhtoj aholini uy-joy bilan ta’minlash kabi tadbirlar uchun jami davlat budjeti xarajatlarining 52 foizi yo‘naltiriladi.

Mahalliy budjetlar daromadini ko‘paytirish va mustaqilligini oshirish maqsadida quyidagi soliq turlari qo‘shimcha tarzda tuman va shaharlar budjetlarida qoldiriladi:

- aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslarning yer va mol-mulk soliqlari to‘liqligicha (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno);

- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 50 foizi (yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno);

- davlat mulkini xususiylashtirishdan mahalliy budjetlarga tushadigan tushumlarning 50 foizi.

Shuningdek, tuman va shaharlar mahalliy kengashlariga ayrim soliq turlari bo‘yicha koeffitsiyent qo‘llash vakolatlar berilgan.

Umuman, davlat budjeti joriy yilda ham iqtisodiyotni izchil rivojlantirish, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etib, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 09:25

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh geologlarni taqdirladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirladi.

    'Prezident “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi'ning rasmi

    Siyosat 01.04.2026 13:30

    Prezident “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

    Shavkat Mirziyoyev 1 aprel kuni mamlakatga tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al Novaysni qabul qildi.

    'Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi.'ning rasmi

    Siyosat 31.03.2026 15:42

    Mirziyoyev Qozog‘iston TIV rahbarini qabul qildi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefonlashdi'ning rasmi

    Siyosat 29.03.2026 14:51

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefonlashdi

    Suhbat davomida Yaqin Sharq mintaqasida kechayotgan keskin vaziyat, qarama-qarshiliklar tobora avj olayotgani tomonlarni jiddiy xavotirga solayotgani qayd etildi.

    'O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga bordi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 13:35

    O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga bordi

    Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev hamrohligida mamlakat yengil sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdi.

    'O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi'ning rasmi

    Siyosat 27.03.2026 11:07

    O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari Buxoroning diqqatga sazovor joylarida sayr qildi

    Tojikiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Ark qur’goni, Poi Kalon va Labi Hovuz majmualari bilan tanishdi.