AsosiyDunyo

Nazarboev koronavirusga qarshi kurashish uchun o`z jamg`armasidan 450 ming dollar ajratmoqchi

'Nazarboev koronavirusga qarshi kurashish uchun o`z jamg`armasidan 450 ming dollar ajratmoqchi'ning rasmi

Qozog`iston Xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarboev koronavirusga qarshi kurashish uchun birinchi prezident jamg`armasidan 460 ming dollar ajratishni buyurdi. Bu haqda Elbasi matbuot xizmatiga tayanib xs.uz xabar berdi.

Bugun Qozog`istonda epidemiyaga qarshi barcha zarur bo`lgan tadbirlar to`liq amalga oshirilmoqda. Ular o`z vaqtida va mavjud bo`lgan vaziyatga javob bermoqdalar. Davlat misli ko`rilmagan choralarni ko`rmoqda. Mahalliy biznes ham xavfli infeksiyalarga qarshi kurashda har qanday yordamni bera oladi. Ijtimoiy mas`uliyatni va jamiyatimiz birligini namoyish etish orqali ushbu tashabbusni to`liq qo`llab-quvvatlashga chaqiraman. Biz ushbu sinovni munosib tarzda engib o`tamiz, dedi sobiq prezident.

Ajratilgan mablag` koronavirus holatlari aniqlangan Nur-Sulton va Olma-Ota shahar ma`muriyatlari o`rtasida teng ravishda taqsimlanadi. Ushbu pul pandemiyaga qarshi kurashda ishtirok etgan shifokorlarga mukofot sifatida berilishi kerak. Shuningdek, Nazarboev jamg`armasi mablag`lari qo`shimcha tibbiy niqoblar va dezinfeksiyalash vositalarini sotib olishga, poytaxtdagi mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarni oziq-ovqat bilan ta`minlashga sarflanadi.

Boshqa yangiliklar