AsosiyJamiyat

IIBga olib kelingan fuqaroni urib o‘ldirgan xodimga sud hukmi o‘qildi

Unga 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

'IIBga olib kelingan fuqaroni urib o‘ldirgan xodimga sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Bekobod shahri IIB binosida sudlanuvchining akasini kaltaklab, uning o‘limiga sabab bo‘lgan IIB xodimi 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. darakchi.uz sud hukmi bilan tanishdi.

Sud hujjatida qayd etilishicha, 1991 yilda tug‘ilgan F.M. 2022 yil yanvar oyidan 2024 yilning iyul oyiga qadar Toshkent viloyati IIBB uchinchi mintaqaviy hudud Bekobod shahar IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktika bo‘linmasi profilaktika inspektori lavozimida ishlab kelgan. U huquqni muhofaza qiluvchi organ mansabdor shaxsi bo‘la turib, mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan.

2024 yilning 19 iyun kuni soat 17:30 larda profilaktika inspektorlari tomonidan IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faol qarshilik ko‘rsatgani sababli aka-uka 1981 yilda tug‘ilgan D.Yu. va 1978 yilda tug‘ilgan D.Yu.lar JIB Bekobod shahar sudi binosidan Bekobod shahar IIB ma’muriy binosiga kuch ishlatib olib ketilgan. Inspektor F.M. ularni so‘rovxonaga olib kirmasdan, D.Yu.ning qo‘llarini orqaga qayirgan holda qaddini bukkan hamda qorin qismiga tizzasi bilan zarba bergan. So‘ngra uni yerga yiqitib, uning yuz va qorin qismlariga zarba berib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

So‘ngra aka-ukalarni ichki ishlar organlarida jinoyat va hodisalarga oid arizalar, xabarlar hamda boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va hisobini yuritish yuzasidan tegishli tartibda ularning xatti-harakatlarini hujjatlashtirish o‘rniga, ularni vaqtincha ushlab turish uchun o‘z vakolat doirasida shaxsan o‘zi yoxud boshqa mansabdor shaxsning ushlab turish uchun asos hisoblanuvchi qaror (ajrim)i qabul qilinmaganligini bila turib, IIB binosi ichidagi VUTXga kiritishga erishgan. D.Yu. olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

2024 yilning 24 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod tuman sudida bo‘lib o‘tgan sudda F.M. aybiga iqrorlik bildirmagan. U dastlabki tergov organi tomonidan noto‘g‘ri ayblov e’lon qilingani, D.Yu.ni tepmagani, kamerada tepganga o‘xshab ko‘rinib qolgani, uning ukasini tartibga chaqirish uchun urib yuborganini aytib, jabrlanuvchilarning oilasidan kechirim so‘ragan hamda moddiy va ma’naviy zararlarni to‘lashga tayyorligini bildirgan.

F.M.ning aybi guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan. Sud F.M.ni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi), 109-moddasi 1-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan aybli deb topgan. Unga 3 yil muddatga IIB tizimida, davlat ishtirokidagi tashkilotlarda rahbarlik hamda moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.