Prezidentning 2022 yil 11 maydagi qaroriga binoan “O‘ztransgaz” AJ tabiiy gaz hisobini raqamlashtirish orqali yuritish ishlarini olib bormoqda.
Ma’lum qilinishiyaa, 2025 yilda raqamli islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish, tabiiy gaz yo‘qotishlarni yanada qisqartirish, xavf-xatarlarni kamaytirish hamda ish jarayonlarini yanada shaffof qilish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil davomida tabiiy gaz hisobini yuritish maqsadida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha 2 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu energiya resurslari va texnologik jarayonlarni monitoring qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimi va tezkor dispetcherlik hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimidir.
Bu tizimlar energiya resurslari va jarayonlarni kuzatish, shuningdek, hisob-kitoblarni shaffof va samarali yuritish uchun mo‘ljallangan.