Toshkentda yigit tanish qizini ehtirosli suratlarini tarqatish bilan qo`rqitib, pul talab qildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.
Xabarda yozilishicha Ichki ishlar organlariga 22 yoshli Sh.A. murojaat qilib, undan 800 AQSh dollari undirmoqchi bo`layotgan yigitga nisbatan chora ko`rishni so`radi. Aks holda yigit qizning intim suratlarini internet tarmog`ida tarqatishini va uning qarindoshlariga ko`rsatib, uni sharmanda qilishini aytgan.
IIBB ma`lumotiga ko`ra 25 yoshli Ibrohim K. 10 mart kuni Yakkasaroy tumani Bobur ko`chasida pulni qabul qilayotganida qo`lga olingan. Uning aytishicha, u 2019 yil avgust oyida Telegram messenjerida o`ziga akkaunt yaratib, tanishi Sh.A. bilan yozishishni boshlagan. Yigit o`z qilmishining sabablari haqida gapirishdan bosh tortdi.
Ushbu fakt asosida Ibrohimga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165 moddasi (“Tovlamachilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilganligi aytilmoqda.