1

Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Spark avtomobilini taqdim etdi (video)

Hi-tech 02.04.2015, 15:44
Chevrolet kompaniyasi yangi avlod Spark avtomobilini taqdim etdi (video)

Chevrolet kompaniyasi Nyu-York avtosalonida Spark kompakt-karining yangi avlodini namoyish etdi. Motor.ru’ning xabar berishicha, avtomobilning tashqi ko`rinishi o`zgargan, dvigatellar gammasiga yangi, yanada kuchliroq agregat qo`shilgan, ta`minotlar ro`yxatida esa zamonaviy faol xavfsizlik tizimlari bor.

Avtomobil Opel Karl va Vauxhall Viva modellari bilan umumiy platformada ishlab chiqilgan. Amerika kompaniyasi yangi Spark’ning gabarit o`lchamlarini ma`lum qilganicha yo`q, biroq bir narsani – yangi mashina avvalgi avlod modellaridan 40 millimetrga pasaygani, shu sabab o`z aerodinamikasini yaxshilagani aytildi. Eski Spark’ning balandligi 1549 millimetrga teng edi.

Chevrolet o`zining ushbu yangi kompakt-kari uzunligini ham ma`lum qilganicha yo`q. Yangi avtomobil uzunroq ko`rinish olgan, biroq aynan qanchaga uzaygani noma`lum. G`ildiraklar bazasi ham kengaygan. Eski Spark’ning uzunligi 3675 millimetrga teng edi. Shu platformadagi Opel Karl’ning uzunligi esa 3680 millimetrga, g`ildiraklar bazasi kengligi esa 2380 millimetrga teng.

“Karl” va “Viva”dan Spark yangi, hajmi 1,4 litrli, Ecotec oilasiga mansub yangi dvigatel oldi – bu eski Spark’ning eng baquvvat, 84 ot kuchiga ega dvigatelidan ham kuchliroq. Yangi Spark’ning agregati 98 ot kuchiga ega. Chevrolet o`zining yangi Spark’ini yana qanday dvigatellar bilan ta`minlashi hozircha aniq emas.

Avtomobilning dinamik ko`rsatkichlari ham ma`lum emas. Kompaniyaning ma`lum qilishicha, yangi “Spark” trassada harakatlanganida har 100 kilometrga 5,8 litr yonilg`i sarflaydi.

Tashqi ko`rinishi jihatdan yangi avlod “Spark”i avvalgilaridan old va orqa qismlari, shuningdek, yon tomonidan “vishtampovkalari” bilan farq qiladi. Old va orqa bamperlar, radiator panjarasi, old asosiy chiroq va fonarlarning shakli o`zgargan. Chevrolet yangi model intereri suratlarini e`lon qilganicha yo`q.

Qoida tariqasida, yangi kompakt-kar sensor ekranli yangi avlod MyLink multimedia tizimi bilan ta`minlanadi. Qo`shimcha yangi ta`minot sifatida old to`qnashuvlar oldini olish tizimi, yo`l chizig`ini kuzatib borish tizimi va ko`rinmas zonalarni monitoring qilish tizimi, shuningdek, orqa tomonni ko`rsatish kamera o`rin olgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1