“Agrosanoat majmui uchun zaxira kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” Hukumat qarori (172-son, 19.03.2020 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan Toshkent davlat agrar universiteti huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Agrobiznes va boshqaruv” yo`nalishi bo`yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish markazi tashkil etildi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.
Markazning asosiy vazifalaridan biri agrosanoat majmuida zamonaviy texnika va texnologiyalar, “aqlli qishloq xo`jaligi”, raqamli innovasion texnologiyalar va axborot tizimlarini qo`llay oladigan rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hisoblanadi.
Qaror bilan, “Agrobiznes va boshqaruv” yo`nalishi bo`yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish kurslariga qabul qilish tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko`ra, agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish kurslariga tinglovchilar oliy ma`lumotli hamda agrosanoat majmuining soha va tarmoqlarida kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo`lgan xodimlar tarkibidan to`lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.