AsosiyDunyo

AQSH fuqarolarini zudlik bilan Belarusni tark etishga chaqirdi

Bunga "Belarus rasmiylarining mahalliy qonunlarni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirayotgani, hibsga olish xavfi va tartibsizliklar ehtimoli" sabab qilib ko‘rsatilgan.

'AQSH fuqarolarini zudlik bilan Belarusni tark etishga chaqirdi'ning rasmi

AQSH Belarus uchun tashrif buyurishning to‘rtinchi – eng yuqori xavf darajasini belgilab, fuqarolarini darhol ushbu mamlakatni tark etishga va u yerga safarlardan qochishga chaqirdi. Bu haqda Davlat departamentining tegishli bayonoti e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, Vashington ushbu tavsiyalarni Belarus hukumatining mahalliy qonunlarni qasddan qo‘llash, hibsga olish xavfi, potensial fuqarolik tartibsizliklari bilan izohlagan. Shuningdek, Davlat departamenti Belarusga safar qilishni tavsiya qilmaslikning sabablari orasida Minskning Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qo‘llab-quvvatlashi keltirilgan. Shuningdek, Belarusda yashovchi AQSH fuqarolariga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining cheklangani ham ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil fevralida Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng AQSH Davlat departamenti Minskdagi elchixonaning faoliyatini “keyingi bildirishgacha” to‘xtatgan. Bir yil o‘tib, AQSH hukumati o‘z fuqarolarini mamlakatni darhol tark etishga chaqirgan. Shuningdek, Belarusda bo‘lib turgan amerikaliklarga boshqa bir mamlakatdagi AQSH elchixonasi yoki konsulligiga murojaat qilish tavsiya etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyada YouTube bloklandi(mi?)'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:50

    Rossiyada YouTube bloklandi(mi?)

    Bunga sabab sifatida platformaning bir qator qonunlarni buzgani va Rossiya OAV va san’atkorlarining akkauntlarini o‘chirib tashlashi ko‘rsatilgan.

    'Rossiya Shimoliy Koreya askarlariga soxta hujjatlar bermoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:54

    Rossiya Shimoliy Koreya askarlariga soxta hujjatlar bermoqda

    Hujjatlarda ularning yashash joyi sifatida Tuva Respublikasi ko‘rsatilgan, lekin koreys tilidagi shaxsiy imzolar qo‘yilgan.

    'Braziliya janubida xususiy samolyot turar-joy binosiga qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:30

    'Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatadi'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 22:40

    Ukraina Rossiya gazi tranzitini to‘xtatadi

    Ukraina 2025 yil 1 yanvar soat 7:00 dan boshlab, Rossiya gazini Yevropaga tranzit qilishni to‘xtatadi, chunki bu vaqtda davlatlar o‘rtasidagi kelishuv muddati tugaydi.

    '“Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 21:50

    “Ukraina urush yoki muzokara yo‘lini tanlashi kerak”

    AQSH Davlat kotibi Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi.

    'Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi'ning rasmi

    Dunyo 20.12.2024 11:03

    Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

    Duyshonkul Chotonov avval deputat, vazir va Koreyadagi elchi lavozimlarida faoliyat yuritgan.