Moskva sudi poytaxt shimolida Match TV xodimini zo‘rlagan uch muhojirga hukm chiqardi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
Ikki kishi to‘qqiz yil, yana biri to‘rt yil qamoq jazosiga hukm qilingan. Ular jazoni umumiy rejimli koloniyada o‘taydi. Prokuror ularni 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.
Aniqlanishicha, 22 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan uch nafar muhojir 6 iyulga o‘tar kechasi mast holda bo‘lgan. Ular ko‘chada ketayotgan jurnalist ayolni orqasidan turtib, yerga qulagan.
Ikki nafari jabrlanuvchiga zo‘ravonlik qilgan, uchinchisi esa vaziyatni kuzatib turgan. Ayol ulardan qochib qutulishga muvaffaq bo‘lgan.