AsosiyJamiyat

Oliy sudi Rayosatining yig`ilishida “O`zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to`g`risida”gi Rayosat qarori qabul qilindi

'Oliy sudi Rayosatining yig`ilishida “O`zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to`g`risida”gi Rayosat qarori qabul qilindi'ning rasmi

2020 yil 20 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining yig`ilishi o`tkazildi. Unda “O`zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to`g`risida”gi Rayosat qarori qabul qilindi. Bu haqda darakchi.uz saytiga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Aziz OBIDOV xabar berdi...

Hujjatda mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sayyor sud majlislari to`xtatib turilishi, fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etilishi nazarda tutilgan. Qarorga muvofiq sudlar tomonidan faqat kechiktirib bo`lmaydigan toifadagi ishlar ko`rilishi belgilandi.

Shuningdek, qarorda barcha sudlar ishlarni texnik imkoniyat mavjud bo`lganda videokonferensaloqa rejimida ko`rilishini tashkil etishi, sud majlisi ishtirokchilari bo`lmagan shaxslarning sud binolariga kirishi qat`iyan man etilishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar