Koronavirus tufayli qoldirilgan darslar va oliy ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari nima bo`ladi?
Ushbu savolga ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Uzoqboy Begimqulov ishtirokidagi brifingda javob berildi.
"Birinchidan, shuni aytish kerakki, darslar hammasi ham qoldirilayotgani yo`q. Biz oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida o`quv dasturlarimizdagi mavzularni onlayn o`tkazib borish tizimini yo`lga qo`ydik.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi ta`til vaqtida talabalarning bilim olish darajasini masofadan turib qo`llab-quvvatlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog`ida ham @eduuz_online loyihasini yo`lga qo`ydi.
Mazkur loyiha orqali mamlakatimizdagi oliy ta`lim muassasalarining eng malakali professor-o`qituvchilari tomonidan yaratilgan videoma`ruzalar ushbu kanalga muntazam joylashtirib boriladi.
Mening yurtim (MY5) telekanalida haftaning dushanbadan juma kuniga qadar soat 10-30 dan 12-00 ga qadar oliy ta`lim muassasalari talabalari uchun Psixologiya va ingliz tili fanlaridan ma`ruza mashg`ulotlari o`tkazilishi yo`lga qo`yilmoqda."