Bir necha kundan so`ng, 5 -12 aprel kunlari Toshkentdagi Hindiston elchixonasida “Namaste O`zbekiston” nomli hind madaniyati festivali bo`lib o`tishi kutilmoqda. Bu haqda telegraf.uz xabar beradi.
Festivalda hind xalqining mumtoz musiqalari, an`anaviy va milliy raqslari hamda turli taomlari omma e`tiboriga namoyish etiladi.
Eslatib o`tamiz, ushbu musiqa va raqs festivaliga kirish bepul. Festival taklifnomalarini Toshkentdagi Hindiston elchixonasidan olish mumkin. Festival Samarqand va Qo`qon shaharlarida ham o`tkazilishi rejalashtirilmoqda.





