AQSh dagi Jon Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra mamlakatda COVID-19 virusi bilan zararlanganlar soni 26 138 kishiga etdi. Bu haqda rbs.ru xabar berdi.
Shu tariqa Amerika Qo`shma Shtatlari infeksiya yuqtirgan fuqarolar soni bo`yicha Xitoy va Italiyadan keyingi uchinchi o`ringa chiqib oldi. Zararlanganlarning aksariyat qismi Nyu-York shahri aholisiga to`g`ri kelmoqda. Ya`ni ularning soni 12,3 ming nafardan oshib ketdi.
Vashingtonda esa 1793 ta COVID-19 infeksiyasiga chalinish holati qayd etildi. uchinchi o`rinda Kaliforniya. Bu erda 1407 nafar bemor mavjudligi aytilmoqda.