O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi Turkiya vakilligi vujudga kelgan murakkab sharoitni hisobga olib, vatandoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida #birdamlik va #hamjihatlik ijtimoiy ko`mak loyihasini amalga oshirishni boshladi.
Turkiyada bo`lib turgan va mushkul vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga moddiy va ma`naviy ko`mak berish maqsadida ijtimoiy eng zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy tozalash vositalarni etkazib beriladi.
Turkiyada bo`lib turgan yordamga muhtoj yurtdoshlarimizga ism-sharif, telefon raqam va yashash manzilingiz haqidagi ma`lumotlar bilan O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi Turkiya vakilligining telegram boti @UzbTrBot va tr.ozbekogrenciler@gmail.com pochta manzili orqali murojaat qilishingiz mumkinligini ma`lum qilamiz.
23.03.2020 11:14
Koronavirus sabab Turkiyada mushkul vaziyatga tushib qolgan O`zbekiston fuqarolari diqqatiga!
