AsosiyJamiyat

Ertadan Toshkent shahriga kirish va chiqish to`xtatiladi

'Ertadan Toshkent shahriga kirish va chiqish to`xtatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo`ylab tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo`l) 2020 yilning 24 mart kuni  soat 00:01 dan boshlab to`xtatish bo`yicha qaror qabul qildi.

Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog`liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro`yxatdan o`tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar