AsosiyDunyo

Turkiya kuchli zilzila va sunamiga tayyorlanmoqda

Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mahalliy aholini ogohlantirish uchun Izmir, Aydin va Mugla viloyatlarida mobil sirena tizimlarini ishga tushirdi.

'Turkiya kuchli zilzila va sunamiga tayyorlanmoqda'ning rasmi

Turkiya hukumati Santorini orolidagi seysmik faollik sabab ehtimoliy zilzila va sunamiga tayyorgarlikni boshladi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tayanib, Turkiye Today xabar berdi.

Qirg‘oqbo‘yi hududlari aholisini ogohlantirish maqsadida Izmir, Aydin va Mug‘lada mobil sirena tizimlari ishga tushdi,  SMS xabarnomalar yuborish yo‘lga qo‘yildi. 

7 fevraldan buyon Egey dengizida 3 balldan yuqori bo‘lgan 761 ta zilzila sodir bo‘ldi. Vulqonga qarshi kurashish agentligi (AFAD) esa vulqon otilishidan hosil bo‘lgan mayda kul shamol yordamida tarqalishi, kuchli zilzila esa Turkiya sohillariga sunamini olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

“Egey dengizida doimiy ravishda yer osti silkinishlari kuzatilmoqda. Egey dengizidagi zilzila faolligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzila, sunami yoki vulqon otilishi kabi hodisalarning oqibatlari Turkiyaga yetib borishi ehtimoli mavjud”, deyiladi AFAD ogohlantirishida.

AFAD rasmiy vakillari ehtimoliy xavf-xatarlarni tahlil qilish uchun “Santorini orolining seysmik faolligi va xavfini baholash bo‘yicha yig‘ilish” o‘tkazdi. Yig‘ilishdan so‘ng Egey dengizi sohillarida erta ogohlantirish tizimlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Turkiyalik professor Shenol Xoqon Kutog‘li vaziyat yuzasidan tashvishda ekanini bildirdi.

“Santorini kraterining kengayishi vulqon otilishi muqarrar bo‘ladi degani emas”, dedi u.

Biroq u 8 magnitudadan yuqori bo‘lgan zilzila Turkiya qirg‘oqlari bo‘ylab balandligi 3 metrdan 5 metrgacha bo‘lgan to‘lqinli sunamini keltirib chiqarishi mumkin.

Turkiyada kuzatilgan kuchli zilzila

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil fevral oyida Turkiyada Rixter shkalasi bo‘yicha 7,5 balldan yuqori bo‘lgan bir nechta kuchli zilzilalar ketma-ket sodir bo‘ldi. Tabiiy ofat zonasi 11 provinsiya va qo‘shni mamlakatlarni qamrab oldi. 50 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.

    Boshqa yangiliklar