AQShning Shimoliy Karolina shtati Pender tumanida yashovchi erkak 200 ming dollar pul yutganidan ikki yarim yil o`tgach, 100 ming dollar sohibiga aylandi.
Isroil Carbajal aytdiki, u ishdan keyin oziq-ovqat do`koniga bir shisha suv sotib olish uchun borgan va shu bilan birga "Extreme Cash" lotereyasini sotib olgan. Darhol yutuq natijasini tekshirib ko`rgan va 100 dollarga boyib ketdim deb o`ylagan. "Yutuq ancha katta ekan. Lotereya menga 100 ming dollar olib keldi”, deydi u.
17 mart, seshanba kuni Karbaxal lotereya markaziga tashrif buyurdi va pul mukofotini oldi. G`olibning aytishicha, yutgan puli bilan u otasining tibbiy xarajatlarini qoplaydi va yangi avtomashina sotib oladi.