AsosiySalomatlik

Koronavirus bo`yicha O`zbekiston va qo`shni mamlakatlardagi vaziyat

'Koronavirus bo`yicha O`zbekiston va qo`shni mamlakatlardagi vaziyat'ning rasmi

Bugun, 23 mart kuni O`zbekistonda koronavirus (COVID-19)ga chalinganlar soni uchtaga ko`payib, jami 46 nafarga etdi.

Qo`shni mamlakatlarda koronavirus bo`yicha vaziyat quyidagicha: Qozog`istonda 62, Qirg`izistonda 16, Afg`onistonda 40 nafar (1 nafari tuzalib ketgan) insonda koronavirus aniqlandi. Afg`onistonda ilk marotaba koronavirusdan o`lim holati kuzatildi.

Jons Hopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra dunyo miqyosida koronavirus eng ko`p aniqlangan mamlakatlar: Xitoy (81 496), Italiya (59 138), AQSh (35 345), Ispaniya (33 089) va Germaniya (27 289).

Koronavirusdan eng ko`p o`lim holatlari Italiya (5 476), Xitoy (3 271), Ispaniya (2 206), Eron (1 812) va Fransiyada (674) qayd etilgan.

23 mart kuniga kelib, dunyo bo`yicha koronavirus aniqlangan insonlar soni 354 677 nafarga etdi, shundan 15 436 nafari vafot etgan, 100 462 nafar bemor tuzalgan. Bugun 36 468 nafar insonda koronavirus aniqlandi, 1 682 nafar bemor vafot etgan, 5 762 nafar sog`aygan insonga uyiga javob berilgan.     

Ayni paytda dunyoning 167 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.

Boshqa yangiliklar