Turkiyaning Istanbul shahrida koronavirusga qarshi «dori» sifatida qo`lbola aroq ichgan 37 nafar Turkmaniston fuqarosi olamdan o`tdi. Bu haqda «Xroniki Turkmenistana» nashriga tayanib Azon.uz xabar bermoqda.
13 mart kuni 61 nafar turkmanistonlik kasalxonalarga olib borilgan, ulardan 24 nafari hamon reanimasiya bo`limida qolmoqda. Qo`lbola araq tayyorlash bo`yicha 11 turkmanistonlik va bir necha nafar Turkiya fuqarosi qo`lga olingan.
Xabarda aytilishicha, turkmanistonliklarga go`yoki yurtlarida ishlab chiqarilgan aroq sotilgan. Holbuki, bu suv qo`shilgan metil spirti bo`lgan, soxta yorliqlar ham Turkiyada bosilgan.
Aviaqatnovlar to`xtagani bois aroqdan zaharlanib o`lganlarning jasadini Turkmanistonga olib ketishning iloji bo`lmagan, marhumlar Istanbuldagi qabristonlardan biriga ko`milgan.