So`nggi 24 soat ichida Xitoyda 456 bemor tuzaldi. Shu bilan birga, 78 kishi kasallikni yuqtirdi, etti kishi vafot etdi, deya yozi "kun.uz".
Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizidan ortig`i tuzaldi. Hozir faqatgina 4 735 kishi shifoxonalarda qolmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, o`tgan bir kun davomida mamlakatda 78ta yangi yuqtirish holati va ettita o`lim qayd etilgan (barchasi koronavirus tarqalishi avj olgan Xubey provinsiyasida). Shu bilan birga, 456 bemor tuzalib ketdi va tibbiy muassasalardan chiqarildi.
Bugungi kunga kelib Xitoyda jami 81 171ta kasallanish holati qayd etilgan (ulardan 73 159 kishi tuzalib ketdi). Qurbonlar soni 3 277 kishiga etdi.
Epidemiya boshlanganidan beri, Xubey provinsiyasini hisobga olmaganda, XXRda 13 370ta kasallanish holati ro`yxatga olindi, ulardan 117tasi o`lim bilan tugadi. Xubey provinsiyasining o`zida 67 801ta kasallanish holati aniqlangan, 3 160 kishi vafot etgan. Mamlakatda koronavirusdan o`rtacha o`lim darajasi 4,03 foizni tashkil etdi.
19 mart kuni Italiya koronavirus qurbonlari soni bo`yicha Xitoyni ortda qoldirdi. O`shanda Italiyada virusdan vafot etganlar 3 405 kishiga etdi, ammo Apennin yarim orolida kasallanganlar soni Xitoydagiga nisbatan bir necha baravar kam - 31,5 ming.