AsosiyJamiyat

Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi klinikadagi tekshiruvni bir ayol va bolaga sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatganidan so‘ng o‘tkazgan.

'Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahridagi Nazar Medical shifoxonasi bolalarga tegishli litsenziyasiz stomatologik xizmat ko‘rsatib kelgani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, qo‘mitaga fuqaro Sh. G. murojaat qilib, farzandlari va ayolini Nazar Medical klinikasiga tishlarini davolatish uchun olib borganini, bir necha kunlik muolajadan keyin sifatsiz xizmat ko‘rsatilgani sababli plombalari tushib ketganini ma’lum qildi. U to‘langan pullarni qaytarish va klinikaga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Murojaat asosida Raqobat qo‘mitasi Nazar Medical klinikasini jalb qilgan holda tekshiruv o‘tkazdi. Korxona tomonidan iste’molchiga tibbiy xizmat ko‘rsatilgani va ular amaldagi talablarga muvofiq bajarilgani qayd etildi.

Shu bilan birga, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organ — Sog‘liqni saqlash vazirligini jalb etgan holda o‘rganishlar o‘tkazildi. Unda Nazar Medical klinikasi bolalar terapevtik stomatologiyasi bo‘yicha tibbiy faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega emasligi ma’lum bo‘ldi.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, klinika bemorga ko‘rsatilgan stomatologik xizmatni tegishli klinik protokollarga muvofiq amalga oshirmagan. Shuningdek, fuqaroning farzandi uchun tegishli tibbiy hujjatlar taqdim etilmagan.

Tekshiruv natijasida to‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun vakolatli organga yuborildi. «Nazar Medical» MCHJga nisbatan litsenziya talablarini buzgani uchun kamchiliklarni bartaraf etish va amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etish bo‘yicha qaror chiqarildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 21:08

    O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

    Bunday imtiyoz beriladigan toifalar ro‘yxati qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

    'O‘zlashtirishiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 19:30

    O‘zlashtirishiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

    Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

    'Prezident Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 18:52

    Prezident Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlik kengayishini qo‘llab-quvvatladi.

    'UzAuto Motors karib 82 million so‘mga 4 dona rakovina sotib oldi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 12:08

    UzAuto Motors karib 82 million so‘mga 4 dona rakovina sotib oldi

    Kompaniya har bir rakovina uchun 20 million 274 ming so‘m to‘lagan.

    'O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat 25 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 11:29

    'Toshkentda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlardan 1 kunda 11 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 11:02

    Toshkentda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlardan 1 kunda 11 mln so‘mdan ortiq jarima undirildi

    Bir kunda chiqindi tashlash bilan bog‘liq 16 ta huquqbuzarlik aniqlangan, reydlar davom etmoqda.