AsosiyJamiyat

"Chiqindilar orasidan tibbiy niqoblarni yig`ayotgan kim?" IIV jamoatchilikdan yordam so`ramoqda

'"Chiqindilar orasidan tibbiy niqoblarni yig`ayotgan kim?" IIV jamoatchilikdan yordam so`ramoqda'ning rasmi

Bugungi kunda respublikamizda COVID-19 virusi tarqalishi sababli karantin tadbirlari e`lon qilingan bir vaqtda ayrim fuqarolar tomonidan turli mazmundagi asoslanmagan ma`lumotlarni tarqatish bilan bog`liq holatlar uchrab turibdi.

IIV Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, videoga olish bilan bir qatorda, ushbu tasvirlar qaysi hududda olinganligi aniq ko`rsatilmasligi, aynan voqeaning qo`shtironoq ichidagi qahramonini aniqlash borasida noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.  

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda chiqindilar yig`ish joyida bir fuqaroning "tibbiy niqoblar" to`playotgani, bular yana ishlatishga chiqarib yuborilishi mumkinligi haqidagi izohlar bilan tarqalgan ma`lumotga ilova qilingan videodagi fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish va tegishli choralar ko`rish maqsadida suratda ko`rsatilgan manzil va shaxs haqidagi ma`lumotga ega bo`lsangiz Ichki ishlar vazirligining 71 231-34-68 raqamli telefon raqamlariga habar berishingiz so`raladi.

    Boshqa yangiliklar