AsosiyDunyo

20 ta mamlakatning aholisi to`liq karantinga olindi (ro`yxat)

'20 ta mamlakatning aholisi to`liq karantinga olindi (ro`yxat)'ning rasmi

O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining matbuot kotibi-
Mohira Nurullaeva o`zining rasmiy telegram kanalida aholisi to`liq karantinga olingan mamlakatlar ro`yxatini e`lon qildi. 


1.Hindiston
2.Italiya
3.Chexiya
4.Daniya
5.Irlandiya
6.Salvador
7.Yangi Zelandiya
8.Ispaniya
9.Fransiya
10.Belgiya
11.Ruanda
12.Buyuk Britaniya
13.Germaniya
14.Portugaliya
15.Polsha
16.Norvegiya
17.Xitoy (karantin bosqichma-bosqich tugatilmoqda)
18.Sloveniya
19.Indoneziya
20.Sudan

Izoh: Karantin shartlari hamma davlatda bir xil emas. Ba`zilarida ancha keskin, ba`zilarida yumshoqlar. Umumiy tartib shuki, bu davlatlarning barchasida aholining zaruratsiz ko`chaga chiqishi taqiqlangan. Zaruratga, asosan, oziq-ovqat, dori-darmon uchun chiqish kabi holatlar kiradi.
AQShda favqulodda holat e`lon qilingan bo`lsa ham, to`liq izolyasiya e`lon qilish qarori shtatlarning ixtiyorida qolmoqda. Ko`plab shtatlarda uyda o`tirish buyrug`i chiqqan, ammo federal darajada hali bunday qaror chiqmadi.
"O`zbekistonda Toshkent shahri to`liq karantinga olindi. Agar viloyatlarda ham virusga chalinish holatlari aniqlansa, bunday tartib butun mamlakatga joriy qilinishi mumkin" deb yoziladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar