Chet el OAVlarida tarqalayotgan xavotirli xabarlardan odam charchadi. Axborot makonida pozitiv xabarlar ham bor. Masalan, Qozog`istonda koronavirusga chalingan 2 nafar bemor to`liq tuzaldi. Ular ertaga, 26 mart kuni shifoxonadan chiqariladi. Bu haqda Respublika Axborot va jamiyat taraqqiyoti vaziri Dauren Abaev ma`lum qilgan, deb yozmoqda Qalampir.
“Bugunning eng asosiy va quvonchli xabari: koronavirusga chalingan ikki nafar bemor ertaga shifoxonadan chiqariladi. Hozir ular doimgidek kuzatuvda, bemorlardan so`nggi nazorat tashxisi olinadi. Ammo shuni aytish kerakka, bu bizning koronavirus ustidan qilgan birinchi g`alabamizdir”, dedi u bugun bo`lib o`tgan brifingda.
Ma`lumot uchun bugun – 25 mart kungi ma`lumotlarga ko`ra Qozog`istonda yana 7 kishi koronavirusga chalingani, ular soni mamlakatda 79 nafarga etgani haqida xabar berilgan edi.