AsosiyJamiyat

Xitoylik mutaxassislarning yordami salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinmi?

'Xitoylik mutaxassislarning yordami salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinmi?'ning rasmi

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat  Atabekov ishtirokida onlayn brifing o`tkazilmoqda. Unda mutahassis quyida savollarga javob bermoqda. 

— Internet tarmoqlarida O`zbekiston davlati Xitoylik mutaxassislardan yordam so`ramasin, ushbu yordamning salbiy oqibatlari bo`lishi mumkin degan gaplar yuribdi, aytingchi bu nechog`lik to`g`ri?

 Nurmat  Atabekov: 

— Nazarimda aynan Xitoydan yordam olish kerak. Negaki ushbu davlat koronavirus epidemiyasini engib, butun dunyoga kasallikni engish imkoniyati borligini isbotladi. Mutaxassislari esa qariyib 4 oylik karantin davrida katta tajribaga ega bo`lishdi. Xitoy davlati o`zi yordam beraman deb turgan paytda, oldi-qochdi gaplarga ishonib undan voz kechish juda katta xato bo`lardi.

 

    Boshqa yangiliklar