AsosiyJamiyat

Charter reys bilan olib kelingan 11 oylik chaqalog`i bor ayolni uyda karantinda saqlasa bo`ladimi?

'Charter reys bilan olib kelingan 11 oylik chaqalog`i bor ayolni uyda karantinda saqlasa bo`ladimi?'ning rasmi

Xabar berganimizdek, ani vaqtda  AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat  Atabekov ishtirokida onlayn brifing o`tkazilmoqda.

Savol:

"Agar ayol 11 oylik chaqalog`i bilan charter reys bilan olib kelingan, ularni  uy sharoitida karantin qilsa bo`ladimi?"

—️ Yo`q, ushbu ayol charter reys bilan epidemik vaziyat nohush hududdan olib kelingan. Bunday tartibda olib kelingan odamlarning barchasi bir joyda, birday tartibda, bir xil muddatda karantinda bo`lishi kerak. Ularni zinhor boshqalardan (bir samolyotda kelgan) ajratib bo`lmaydi. Agar shunday qilinmasa (mabodo yo`lda yoki epidemik nohush hududda bo`lgan davrda) kasallik virusini yuqtirib olgan bo`lsa, uyidagi yaqinlarini ham xavf ostida qoldirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar