1

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi O`zbekiston Prezidentini Navro`z bilan tabrikladi

Siyosat 26.03.2020, 15:54
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi O`zbekiston Prezidentini Navro`z bilan tabrikladi

Navro`z bayrami munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodadan qutlov keldi. Maktubda, xususan, shunday deyilgan:

"Biz uchun yorqin va qadrli Navro`z ayyomi munosabati bilan Siz va qardosh O`zbekiston xalqiga samimiy tabriklarimni bildiraman.

Muhtaram Shavkat Miromonovich! Bu bayram menga dilimdagi so`zlarni yana bir bor Sizga etkazish, har bir oilaga tinchlik va farovonlik, butun O`zbekiston xalqiga taraqqiyot va ravnaq tilash imkoniyatini taqdim etganidan mamnunman. Men shaxsingizni yuksak qadrlayman, Siz, Janobi Oliylarining tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ma`naviy ildizlari mushtarak bo`lgan xalqlarimiz o`rtasidagi muloqot va hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan dono maslahatlaringiz va fikr-mulohazalaringizga ulkan ahamiyat qarataman. 

Shu kunlarda Siz, Janobi Oliylari - O`zbekistonning atoqli farzandiga eng ezgu tilaklar bildirib, Sizga Yaratganning rahmat va marhamatlari yog`ilishini, Alloh taolo muvaffaqiyatlaringizni ziyoda qilishini, qardosh O`zbekiston xalqiga farovonlik va ravnaq tilayman."

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1