1

Gulistonga kirish har qanday transport vositalari uchun to`xtatiladi

Jamiyat 26.03.2020, 19:52
Gulistonga kirish har qanday transport vositalari uchun to`xtatiladi

Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari uchun to`xtatiladi

Viloyat hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha Sirdaryo viloyat maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra 2020 yil 27 mart kuni soat 00:01dan boshlab Guliston shahriga kirish va shahardan chiqish vaqtinchalik to`xtatiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyat IIB xabar berdi.

Bundan ko`zlangan asosiy maqsad — koronavirus infeksiyasi viloyat hududi bo`ylab tarqalishining oldini olishdir.

Cheklovlar quyidagi holatlarda tatbiq etilmaydi

  •     yuk tashish bilan bog`liq holatlarga;
  •     Guliston shahrida doimiy yashovchi (ro`yxatdan o`tgan) shaxslarga;
  •     Guliston shahriga kirish uchun viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlarga;
  • shifokor va hamshiralar, SEOM xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan mas`ul xodimlariga.

Guliston shahriga kirish chiqish faqat ikkita yo`nalish bo`yicha:

  • 1-yo`nalish: Guliston shahri, Guliston ko`chasiga yo`l o`tkazgich ko`priq orqali;
  •  2-yo`nalish: Guliston shahri, Do`stlik qo`rg`oni, Xondamir ko`chasida tashkil etilgan karantin postlari orqali — transport vositalari va yo`lovchilarni dezinfeksiya qilgan holda amalga oshiriladi.

 

  Guliston shahriga boshqa yo`nalishlardan kirib-chiqish joylari to`liq yopiladi.

Shahar hududiga kirishga qo`yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko`riladi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1