O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig`iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o`rnatilib, muayyan choralar ko`rilmoqda.
Xususan, 27 mart soat 10:00 dan e`tiboran viloyatlararo transport vositalari (avtobus, avtomobil, shaharlararo taksi, avia, temir yo`l transporti)ning harakati (yuk tashish hollari bundan mustasno) butunlay to`xtatiladi. Bunda muayyan hududga taaluqli avtotransportlarning (tranzit) o`z hududlariga kirib borishiga ruhsat beriladi.
Bundan tashqari, viloyatlar tarkibidagi shahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtincha cheklanadi.
Mamlakatimiz fuqarolarining sog`lig`ini himoya qilish maqsadida zarur bo`lmagan hollarda (xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari hamda jamoat tashkiloti xodimlaridan tashqari), uyidan tashqariga chiqishi cheklanadi. O`ta zarur hollardagina ko`chaga chiqqanda (dorixona, oziq-ovqat do`konlari) – shaxsiy himoya vositasi (niqob)da bo`lishi shart. Bordiyu fuqarolar uyidan tashqariga shaxsiy himoya vositasi (niqob)siz chiqsa, qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Ya`ni, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida
– 1 115000 ming so`m jarima qo`llaniladi.
Shuningdek, epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar o`zaro muloqot chog`ida ikki metr masafo saqlashi shart. Ko`chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to`planishiga cheklov o`rnatiladi. Bu ta`qiq bir vaqtda harakatlanayotgan oilaga nisbatan qo`llanilmaydi.
Respublika hududidagi barcha ko`ngilochar ob`ektlar, shu jumladan restoran, kafe, oshxona, choyxona, singari tadbirkorlik sub`ektlari (uyga etkazib berish xizmati bundan mustasno) mamlakatdagi epidemiologik holat barqarorlashmaguniga qadar faoliyatini to`xtatmay, davom ettirayotgan tadbirkorlik sub`ektlariga nisbatan keskin jazo choralari ko`rilmoqda.