1

Shavkat Mirziyoev va Sooronbay Jeenbekovning telefon muloqotida pandemiyaga qarshi kurashishda o`zaro ko`makni davom ettirish muhimligi qayd etildi

Siyosat 27.03.2020, 20:33
Shavkat Mirziyoev va Sooronbay Jeenbekovning telefon muloqotida pandemiyaga qarshi kurashishda o`zaro ko`makni davom ettirish muhimligi qayd etildi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 mart kuni Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari qadimdan mintaqamizda keng nishonlanib kelayotgan, do`stlik va yaxshi qo`shnichilik, tarix, madaniyat va an`analar mushtarakligini ifoda etuvchi bahor va yangilanish bayrami - Navro`z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdilar.

O`zbekiston va Qirg`iz Respublikasi rahbarlari koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog`liq joriy epidemiologik vaziyatni muhokama qildilar.

Ushbu pandemiyaga qarshi samarali kurashish, shuningdek, uning oqibatlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta`sir ko`rsatishiga yo`l qo`ymaslik maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va o`zaro ko`makni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar, shuningdek, mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishga doir hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko`rib chiqdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1