1

Uzcard oilaviy kartalarni joriy qiladi

Hi-tech 09.04.2015, 13:56
Uzcard oilaviy kartalarni joriy qiladi

Uzcard milliy to`lov tizimi Uzcard Family loyihasini amalga tatbiq qilish bo`yicha rejalarini e`lon qildi. Qo`shimcha kartalar yordamida oilaning boshqa a`zolariga ham hisobdan foydalanish imkoniyati ochib beriladi. Bu haqda telegraf.uz xabar beradi.

Hisob raqamining egasi har bir oila a`zosi kuniga, haftasiga va oyiga mahsulotlar va xizmatlar xaridi uchun sarflaydigan pullarni cheklash imkoniyatiga ega bo`ladi. Karta egasining xohishiga ko`ra mobil telefonga har bir moliyaviy operasiya haqidagi SMS-xabarlar kelib turadi. Qo`shimcha kartalar oilaviy shaklga ega bo`lishiga qaramay, ularni nafaqat qarindoshlar, balki barcha ishonchli vakillar uchun ham ochsa bo`ladi.

Hisob raqami egasi Uzcard mobil ilovasi yoki tizim saytidagi shaxsiy kabinet orqali kartalar limitini boshqarishi mumkin. Kartalarni tayyorlashga ariza berish va to`lash ishlarini bank bo`limida hamda mobil ilova orqali amalga oshirish mumkin. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1