Shveysariyada joylashgan IMD biznes oliygohi rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtidorli talabalarini xotin-qizlarga mo`ljallangan grant dasturi (Stewart Hamilton Scholarship for Women)da ishtirok etishga taklif etmoqda.
Ushbu grant dasturi oliygohning 2020/21-o`quv yilda boshlanadigan biznesni boshqarish yo`nalishidagi (MBA) bir yillik magistratura kurslariga qabul qilingan/qilinadigan iqtidorli qizlarga mo`ljallangan.
Grantni yutib olgan talabaga MBA kursi (1 yillik) uchun 50 000 Shveysariya franki (taxminan 50 890 AQSh dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi.