AsosiyJamiyat

Samarqandda aholi orasida vaxima tarqatmoqchi bo`lgan shaxs 30 sutkaga qamaldi

'Samarqandda aholi orasida vaxima tarqatmoqchi bo`lgan shaxs 30 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Bugun xalqimiz koronavirus infeksiyasiga qarshi bir tan-u, bir jon bo`lib kurashayotgan bir paytda ayrim yurtdoshlarimizning ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolar orasida tahlika, sarosima uyg`otuvchi yolg`on xabarlarni tarqatish bilan shug`ullanayotgani achinarli.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan A.Shomurodov 2020 yil 25 mart kuni soat taxminan 16:00larda, marxum mahalladoshini ko`p miqdorda spirtli ichimlik iste`mol qilganligi oqibatida vafot etganligini eshitib, bir nechta kanallarga «Telegramm» messenjerida o`zining “AKBAR ShOMURADOV” nomli saxifasi orqali “Paxtachi tumani Toma mahallasida yashovchi O ismli shaxs Koronavirusga chalinib, ko`p miqdorda aroq ichib bugun vafot etganligi aytilmoqda” nomli yolg`on ma`lumotni yozib yuborganligi holati aniqlandi.

Paxtachi tuman Ma`muriy ishlar bo`yicha sudi tomonidan ushbu fuqaroga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 205-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun 30 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
O`zbekiston Respublikasining O`RQ–613-sonli Qonuniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 244-5-modda bilan to`ldirildi. 
Unga ko`ra, karantin davrida inson uchun xavfli bo`lgan yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatish BHMning 200 baravarigacha (44 mln 600 ming so`m) jarima jazosiga tortishga, 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari va 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolashga sabab bo`ladi.

Shuningdek, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikni cheklash va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

Boshqa yangiliklar