1

Xitoy mudofaa kompaniyalari O`zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida 20 tonna tibbiy buyum yubordi

Siyosat 30.03.2020, 10:42
Xitoy mudofaa kompaniyalari O`zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida 20 tonna tibbiy buyum yubordi

Xitoyning «Norinko», «Viek Tochmash», «Xaytera», «Poli Texnolodji» va boshqa mudofaa sanoati kompaniyalari O`zbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ular bir martalik steril tibbiy qo`lqoplar, himoya ko`zoynaklari, yuz uchun filtrlovchi niqoblar va tana haroratini o`lchovchi teplovizorlardan iborat.

Mazkur insonparvarlik yordami 29 mart kuni Mudofaa vazirligining maxsus havo laynerida O`zbekistonga olib kelindi.

Olib kelingan yuklar aeroport hududida Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi va Mudofaa vazirligi mas`ul shaxslari tomonidan qabul qilib olindi.

Bu tibbiyot buyumlari 30 mart kunidan boshlab respublikada karantin rejimini ta`minlashga jalb qilingan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar, tibbiyot xodimlari, shuningdek, ularga ehtiyoji bor boshqa shaxslarga tarqatilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1