Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil aprel oyida stomatologik xizmatlar narxi oy davomida o‘rtacha 0,3 foizga qimmatlashgan.
2025 yil apreliga nisbatan esa ushbu xizmatlar narxi 4,4 foizga oshgan.
Shuningdek, mazkur davrda diagnostik vizualizatsiya va tibbiy laboratoriyalar xizmatlari narxi oy davomida 0,6 foizga oshgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,7 foizga qimmatlashgan.
Ko‘z uchun yordamchi mahsulotlar narxi esa oy davomida 0,6 foizga, 2025 yil apreliga nisbatan 3,1 foizga oshgani kuzatilgan.






