AsosiyJamiyat

Ayrim banklar barcha kreditlari bo`yicha 2 oylik ta`til e`lon qildi (ro`yxat)

'Ayrim banklar barcha kreditlari bo`yicha 2 oylik ta`til e`lon qildi (ro`yxat)'ning rasmi

Asakabank va Turonbank 1 aprel holatiga kredit qoldig`i 100 million so`mgacha bo`lgan jismoniy shaxslarning barcha kreditlari bo`yicha 2 oylik ta`til e`lon qildi.  Ya`ni bunda, 2020 yilning aprel va may oylari to`lovlari qarzdorning hech qanday murojaatisiz kreditni oxirgi qaytarish sanasidan keyingi ikki oyda to`lanadi.  

Eslatma: bu o`zgarish qarzdorni mavjud kredit qoldig`i bo`yicha hisoblangan foizlarini kelgusida to`lash majburiyatidan ozod etmaydi.  

Shuningdek, "O`zsanoatqurilishbank" ham qarzdor jismoniy shaxslar uchun 2 oygacha bo`lgan kredit ta`tillarini e`lon qiladi. Karantin davrida daromadlarning pasayishi sharoitida daromadni to`g`ri taqsimlash qanchalik qiyinligini tushunamiz. Shuning uchun mijozlarimiz – bank oldida kredit va qarz majburiyatlari bo`lgan, ammo hozirda barqaror daromadsiz qolgan jismoniy shaxslarni qo`llab-quvvatlashga qaror qildik. Kredit ta`tilini olish uchun ushbu havoladagi https://uzpsb.uz/uz/individuals/krediti-tatillari-uchu-online-murojaat shaklni to`ldirish zarur bo`ladi.

Izoh: Kredit ta`tillari muddati o`tgan qarzga ega bo`lmagan (2020 yil 15 mart/1 aprelgacha) va garov ta`minoti hamda sug`urta polisiga murojaat qilish uchun muddati o`tgan majburiyatlarga ega bo`lmagan mijozlarga taqdim etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar